O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i

“O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog’i xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy qadriyatlari va mustaqillik g’oyalarini ifodalaydi. Bayroqdagi havorang osmon va musaffolik timsoli, oq rang tinchlik va poklik, yashil rang tabiat va yangilanish ramzi hisoblanadi.

Qizil chiziqlar hayotiy kuch va avlodlar davomiyligini anglatadi. Hilol va 12 ta yulduz esa xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi hamda ezgu intilishlarini ifoda etadi.