“O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
Gerb markazida quyosh nurlari uzra qanotlarini yozgan afsonaviy Humo qushi tasvirlangan. Bu timsol xalqimizning baxt-saodat, tinchlik va farovonlikka intilishini anglatadi.
Gerb chap tomonida paxta chanoqlari, o’ng tomonida bug’doy boshoqlari aks etib, yurtimizning mehnatkashligi va barakali hayotini ifodalaydi. Yuqori qismdagi sakkiz qirrali yulduz esa birlik va ezgulik ramzidir.
© Abu Rayhon Beruniy Universitet